EURCAD savdosi
EURCAD

EURCAD CFD’larida savdo qiling: spredlar soha o‘rtachasidan 54% torroq1, yechib olishlar esa bozordagi eng tezkor.2

EURCAD — yevro va neft narxlariga sezgir Kanada dollarini birlashtiradigan foreks juftligi. U orqali yevroni Kanada dollariga nisbatan savdo qiling.

EURCAD’ga bir qator omillar ta’sir qiladi, jumladan markaziy bank siyosati, yevrozonaga oid iqtisodiy ma’lumotlar, neft narxlari hamda global bozor kayfiyati. Narx harakatlarini tahlil qilayotganda yoki savdolaringizni rejalashtirayotganda bularni yodda tuting.

EURCAD bo‘yicha jonli diagrammani kuzating va marja hamda ehtimoliy savdo xarajatlarini taxminlash uchun Savdo kalkulyatoridan foydalaning.

Ios
Ios
Android
Android
Android
AndroidApk
AndroidApk
AndroidApk
Ro'yxatdan o‘tishBepul demoni sinab ko'ring

EURCAD narx diagrammasi

0000.00
+0.00%
BuySell

1k
1h
1o
1y
3y

EURCAD Savdo kalkulyatori

Marja

 

Spred xarajati

 

Komissiya

 

Qisqa svop

 

Uzun svop

 

Pip qiymati

 

Narx diagrammasi indikativ bo‘lib, instrumentning Ask narxiga asoslanadi. Real vaqt rejimidagi kotirovkalar uchun savdo platformasiga qarang. Kalkulyator ko‘rsatadigan natijalar o‘quv va taxminiy maqsadlarda taqdim etiladi, shuning uchun ularni mukammal deb hisoblamang va investitsiya qarorlarini qabul qilishda ularga tayanmang. Real vaqt rejimidagi natijalar faqat order ijro etilgan paytda aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi jadvaldagi spredlar avvalgi savdo kunidagi o‘rtacha qiymatlarga asoslangan. Spredlar bozor volatilligi, yangiliklar e’lonlari, iqtisodiy voqealar, bozorlar ochilishi yoki yopilishi, shuningdek savdo qilinayotgan instrument turi kabi omillar ta’sirida o‘zgarishi va kengayishi mumkin.

Bitta foreks savdo ilovasi

Kerakli barcha vositalar

Qulay savdo platformasida EURCAD va 100 dan ortiq foreks CFD’lari bilan savdo qiling.

Ios
Ios
Android
Android
Android
AndroidApk
AndroidApk
AndroidApk

Real vaqt rejimida harakat qiling

Ishonchli ijro bilan orderlarni oching, o‘zgartiring, yoping yoki qisman yoping.3

Mablag‘laringizdan 24/7 foydalaning

Avtomatlashtirilgan yechib olish tasdiqlari orqali istalgan vaqtda pulingizni yechib oling.2

Javob oling

Ilova ichidagi jonli chat orqali istalgan payt qo‘llab-quvvatlash jamoamiz bilan bog‘laning.

exness-EURCAD-desktop [fullWidth].png

Narx harakatini tahlil qiling

Integratsiyalashgan TradingView diagrammalarida 100 dan ortiq indikatorlardan foydalaning yoki o‘zingizga mos indikatorlar yarating.

Yo‘qotishlaringizni cheklang

Salbiy balans himoyasi bilan balansingiz hech qachon noldan pastga tushmaydi.4

Qulay savdo qiling

Har qanday darajadagi treyderlar uchun yaratilgan sodda va foydalanuvchiga qulay interfeysdan bahramand bo‘ling.

EURCAD nima?

EURCAD — yevroning (EUR) Kanada dollariga (CAD) nisbatan qiymatini ko‘rsatadigan ikkinchi darajali foreks juftligi. EURCAD CFD’lari bilan savdo qilish sizga hech bir valyutaga egalik qilmasdan almashuv kursi harakatlari bo‘yicha spekulyatsiya qilish imkonini beradi.

Agar EURCAD bo‘yicha savdo qilsangiz, uning narxiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan uchta asosiy omil:

Markaziy bank siyosati

Yevropa Markaziy banki (ECB) va Kanada bankining (BoC) foiz stavkalariga oid qarorlari hamda kelgusi pul-kredit siyosati bo‘yicha ko‘rsatmalari foiz stavkalari bo‘yicha kutilmalarga va har bir valyutaga bo‘lgan talabga ta’sir qilishi mumkin. Yevrozona va Kanada pul-kredit siyosati o‘rtasidagi farqlar ham EURCAD’ga ta’sir qilishi mumkin.


Yevrozona iqtisodiy ma’lumotlari

Yevrozonadagi inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish va bandlik bo‘yicha ma’lumotlar ECB siyosati haqidagi kutilmalarga hamda yevroga bo‘lgan talabga ta’sir qilishi mumkin. Ushbu kutilmalardagi o‘zgarishlar EURCAD’ga ta’sir qilishi mumkin.


Neft narxlari

Kanada yirik neft eksportchisi, shuning uchun xom neft narxlaridagi o‘zgarishlar Kanada dollariga ta’sir qilishi mumkin. Neft narxlarining oshishi CAD’ni qo‘llab-quvvatlashi va EURCAD’ga pasayish bosimini berishi mumkin, neft narxlarining pasayishi esa buning teskarisini keltirib chiqarishi mumkin. Biroq markaziy bank siyosati, iqtisodiy ma’lumotlar va global bozor kayfiyati neftning ta’siridan ustun kelishi mumkin.

Portfelingizni boshqa foreks juftliklari bilan diversifikatsiya qiling

EURUSD

Yevro AQSh dollariga nisbatan. Markaziy bank qarorlari, foiz stavkalari farqi hamda yevrozona va AQShdan keladigan iqtisodiy ma’lumotlar ta’sirida bo‘ladigan asosiy foreks juftligida savdo qiling.

USDCAD

AQSh dollari ]Kanada dollariga nisbatan. Kanada va AQShdagi markaziy bank qarorlari, iqtisodiy ma’lumotlar hamda neft narxlari ta’sir ko‘rsatadigan asosiy foreks juftligini o‘rganing.

EURJPY

Yevro Yaponiya iyenasiga nisbatan. Yevrozona va Yaponiyadagi foiz stavkalari farqi, iqtisodiy o‘zgarishlar hamda pul-kredit siyosati ta’sirida bo‘ladigan kross bilan diversifikatsiya qiling.

Batafsil bilib oling

EURCAD CFD’lari bilan onlayn savdo qilishni qanday boshlash mumkin

exness-usoil-start-trading.jpg

1-qadam

Hisob oching

Ro‘yxatdan o‘ting va haqiqiy pulni xavf ostiga qo‘ymasdan, bepul demo hisobda EURCAD bilan savdo qilishni mashq qiling.

2-qadam

Strategiya ishlab chiqing

ECB va BoC qarorlarini, yevrozona va Kanada iqtisodiy ma’lumotlarini, neft narxlarini hamda global bozor kayfiyatidagi o‘zgarishlarni kuzatib boring — bu savdolaringizni rejalashga yordam beradi.

3-qadam

Savdoni amalga oshiring

Marja talablari va savdo xarajatlarini baholash uchun Savdo kalkulyatoridan foydalaning. So‘ng savdo platformasida EURCAD CFD bo‘yicha savdo bitimini oching.

Tez-tez soʻraladigan savollar


EURCAD yevro (EUR) va Kanada dollari (CAD) juftligidan iborat. EUR — asosiy valyuta, CAD esa kotirovka valyutasi. Narx bir yevroga nechta Kanada dollari to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.


EURCAD bir yevro nechta Kanada dollariga tengligini ko‘rsatadi. Masalan, 1,50 kotirovka 1 EUR 1,50 CAD qiymatga ega ekanini bildiradi. EURCAD ko‘tarilganda yevro Kanada dollariga nisbatan mustahkamlanadi. U pasaysa, yevro zaiflashadi.

Ushbu misol faqat tushuntirish uchun keltirilgan va real vaqt narxlarini aks ettirmaydi.


Markaziy bank siyosati, yevrozona va Kanada iqtisodiy ma’lumotlari, neft narxlari hamda global bozor kayfiyati EURCAD’ga ta’sir qiladi. Yevropa Markaziy banki va Kanada bankining bayonotlari ham har ikki valyutadan biriga doir kutilmalarni o‘zgartirish orqali almashuv kursiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


EURCAD barcha yangi boshlovchilar uchun mos bo‘lmasligi mumkin, chunki har ikkala valyutaga markaziy bank qarorlari, iqtisodiy ma’lumotlar, neft narxlari va global bozor kayfiyatidagi o‘zgarishlar ta’sir qilishi mumkin. Haqiqiy pul bilan savdo qilishdan oldin diagrammalarni o‘qishni o‘rganish, savdo xarajatlarini baholash va pozitsiya hajmlarini boshqarishni o‘zlashtirish uchun bepul demo hisobda EURCAD bilan savdo qilishni mashq qilishingiz mumkin.


EURCAD bilan savdo qilish uchun kerak bo‘ladigan summa pozitsiya hajmingiz, kredit yelkasi, hisob valyutasi va marja talablariga bog‘liq. Bu hisobingiz uchun belgilangan minimal depozitdan alohida. Real savdoni boshlashdan oldin Savdo kalkulyatori yordamida talab etiladigan marjani baholang va hisobingizni moliyalashtirish talablarini tekshiring.


Ha. Exness’da EURCAD CFD’larida kredit yelkasi bilan savdo qilishingiz mumkin. Mavjud kredit yelkasi instrumentning marja talablari, savdo shartlari va amaldagi hisob limitlariga bog‘liq. Marja talablari yuqoriroq bo‘ladigan davrlarda u kamayishi ham mumkin. Kredit yelkasi potensial foyda va zararlarni birdek oshirishi mumkin, shuning uchun savdo qilishdan oldin hisobingiz talablarini tekshiring.


EURCAD spredlari hisob turi va bozor sharoitlariga bog‘liq. Yuqoridagi jadvalda o‘tgan savdo kunidagi o‘rtacha spredlar ko‘rsatilgan bo‘lib, ular real vaqt narxlaridan farq qilishi mumkin. Savdo platformasida joriy taklif va talab narxlarini, shuningdek, amaldagi komissiyalarni tekshiring.


Neft narxlari Kanada dollari orqali EURCAD’ga ta’sir qilishi mumkin, chunki Kanada yirik neft eksportchisi. Neft narxlarining oshishi CAD’ni mustahkamlashi mumkin, bu esa yevro o‘zgarmasa EURCAD’ning pasayishiga olib keladi. Biroq markaziy bank qarorlari, iqtisodiy ma’lumotlar va global bozor kayfiyati ham almashuv kursiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Exness EURCAD CFD’lari uchun real vaqt rejimidagi diagrammalarni, xarajatlarni baholashga yordam beradigan Savdo kalkulyatori va savdoni mashq qilish uchun bepul demo hisobni taklif etadi. Strategiyangizga mos kelishini bilish uchun hisobingizdagi savdo shartlarini tekshiring.


Tartibga solingan. Ishonchli. Nufuzli.

Eng muhim narsaga, ya’ni savdo strategiyangizga e’tibor qaratish uchun tajribamiz va ishonchliligimizdan foydalaning.

2008-yilda tashkil etilgan

Jiddiy treyderlarga kerakli shartlarni taqdim etish bo‘yicha tasdiqlangan tajribamizdan foydalaning.

24/7 yordam

15 tilda malakali mutaxassislardan eng kerak paytda javob oling.

Bir nechta tartibga soluvchi litsenziyalar

Yetakchi xalqaro idoralar tomonidan litsenziyalangan va tartibga solinadigan broker bilan savdo qiling.

exness-office.jpg
home-cta-banner

Bugunoq EURCAD bilan savdoni boshlang

EURCAD CFD’lari bilan soha o‘rtacha ko‘rsatkichidan 54% torroq spredlar bilan savdo qiling.1

Ro'yxatdan o‘tishBepul demoni sinab ko'ring
  1. 2026-yil 5–10-aprel haftasida, brokerlar kesimida faqat spredli va eng tor spredli hisoblar taqqoslanganda, 16 ta broker orasida EURCAD bo‘yicha Exness Pro hisobida median spredlar eng past bo‘ldi.
  2. Exnessda pul yechib olishlarning 98% dan ortig‘i avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Qayta ishlash vaqti tanlangan to‘lov usuliga qarab farq qilishi mumkin.
  3. Kechikishlar va sirpanish yuz berishi mumkin. Ijro tezligi yoki aniqligi kafolatlanmaydi.
  4. Savdo qilish xavfli. Talablar va shartlar amal qilinadi.