Exness'da Anthropic IPO'siga qanday tayyorlanish mumkin

anthropic stock cover.png

Anthropic IPO uchun ariza topshirdi va SEC'ga taqdim etgan ochiq hujjatiga ko'ra, Nasdaq birjasida listingdan o'tishni rejalashtirmoqda. Agar Anthropic IPO'si haqidagi yangiliklarni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, ushbu qo‘llanmada IPO haqida hozirgacha nimalar xabar qilingani va yangi listing qilingan aksiya CFDlari bilan savdo qilish qanday ishlashi (jumladan, qisqa pozitsiya ochish), hisobingizni qanday tayyorlash hamda avval bilib olish kerak bo‘lgan cheklovlar va xatarlar tushuntiriladi. 

Ushbu qo'llanma ta'limiy maqsadda berilgan bo'lib, savdo qilish tavsiyasi hisoblanmaydi va aksiya narxi qaysi tomonga o'zgarishi haqida fikr bildirmaydi.

Asosiy xulosalar

  1. Anthropic IPO uchun ariza topshirdi. Kompaniya Nasdaq birjasida listingdan o'tishni rejalashtirmoqda, biroq narx oralig'i ham, sana ham belgilanmagan, xabarlardagi baholashlar esa taxminiydir.
  2. CFD aksiya narxini kuzatadi, lekin sizga aksiyalarga egalik qilish huquqini bermaydi. Uzun yoki qisqa pozitsiya ochishingiz mumkin, biroq qisqa pozitsiyalar mavjudligi Exness'ning listing jarayoniga bog'liq.
  3. Yangi listinglarda savdo ko'pincha noodatiy tarzda boshlanadi. Birja auksionlari barcha brokerlar uchun birinchi savdoni kechiktirishi mumkin.
  4. Listing kunidan oldin tayyorlaning. Hisobingizni tasdiqlang va to'ldiring, hisob turini tanlang hamda demo hisobda mashq qiling.
  5. Xatarlar ham imkoniyatlar kabi muhim. Volatillikka, spredlarning kengayishiga va savdo soatlarining o‘zgarishiga tayyor bo‘ling hamda manfiy balansdan himoya depozitdagi mablag‘larni yo‘qotishdan saqlamasligini yodda tuting.

Anthropic IPO'si haqida hozirgacha qanday ma'lumotlar tasdiqlangan

Anthropic AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) ro'yxatdan o'tkazish bayonotini (Form S-1) topshirdi. Kompaniya A sinfidagi aksiyalarini Nasdaq birjasida "ANT" tikeri ostida savdoga chiqarishni rejalashtirayotganini bildirmoqda; xabarlarga ko‘ra, Goldman Sachs va Morgan Stanley yetakchi banklar bo‘ladi. 

Arizada aksiyalar soni yoki narx oralig'i ko'rsatilmagan, Anthropic esa narx belgilash sanasi yoki birinchi savdo kunini e'lon qilmagan. Ommaviy axborot vositalari xabarlarida kutilayotgan kompaniya qiymati keng va o'zgarib turadigan oraliqda baholanmoqda. Bular tasdiqlangan raqamlar emas, taxminlar bo'lib, narx belgilash kunigacha o'zgarishi mumkin. 

IPO narxi belgilanmaguncha, Anthropic aksiyalari bilan ochiq bozorda savdo qilish mumkin bo'lmaydi, shuning uchun Anthropic aksiyasining rasmiy narxi mavjud emas. Ungacha ko'rgan har qanday raqamingiz faqat taxminiy bahodir. Bozorga chiqayotgan yangi aksiyalar orasida Anthropic treyderlar kuzatayotgan yangi texnologiya sektori aksiyalaridan biridir.

Exness IPO'dan ko'p o'tmay ushbu aksiya CFD'sini taklif qiladi.

Yangi listingdan o'tgan aksiyada CFD savdosi, jumladan, qisqa pozitsiya ochish qanday ishlaydi

Farq uchun shartnoma (CFD) asosiy aksiyalarga egalik qilmasdan, ularning narxi o'zgarishi bo'yicha savdo qilish imkonini beradi. Narx oshishini kutsangiz, uzun (sotib olish) pozitsiyasini, pasayishini kutsangiz, qisqa (sotish) pozitsiyasini ochishingiz mumkin. Siz aksiyalarga egalik qilmaysiz, shu sababli ovoz berish yoki dividend olish kabi aksiyadorlik huquqlariga ega bo'lmaysiz.

CFD’lar bozorga kirish imkonini (aksiyalarni sotib olmasdan yoki ularga egalik qilmasdan Exness hisobingiz orqali aksiya narxining o‘zgarishi bo‘yicha savdo qilishingiz mumkin) va moslashuvchanlikni (uzun yoki qisqa pozitsiya ochishingiz mumkin; aksiya savdoga chiqqach, shu yo‘l bilan IPO aksiyasi bo‘yicha qisqa pozitsiya ochishingiz mumkin) taqdim etadi. Biroq kredit yelkasi bilan savdo qilish foyda bilan birga zararni ham oshiradi va xatarlarni boshqarish strategiyalari hamda usullarini qo'llamasangiz, barcha mablag'laringizni yo'qotishingiz mumkin. Narx oshsa, qisqa pozitsiya zarar keltiradi, shu sababli u uzun pozitsiya bilan bir xil xatarga ega.

Orderlar qanday ijro etiladi 

Aksiyalar uchun Pro hisoblarida tezkor ijro qo'llanadi: savdo siz so'ragan yoki tasdiqlagan narxda ochiladi yoxud umuman ochilmaydi. Standard, Zero va Raw Spread hisoblarida bozor ijrosi qo'llanadi va savdo ayni paytdagi mavjud narxda ochiladi. Qarang: Exness'da order ijrosi qanday ishlaydi. 

Exness Terminal

Exness Terminal — vositalar imkoniyatini kamaytirmagan holda savdoni sodda qilish uchun yaratilgan veb-savdo platformamiz. Ko'plab indikatorlar va chizish vositalariga ega diagrammalar, orderlarni tezroq berish uchun bir bosishda savdo qilish hamda bevosita diagrammadan sozlash mumkin bo'lgan qulay take profit va stop loss sozlamalari sizning ixtiyoringizda. Balansingiz, marjangiz va hisob ma'lumotlaringiz real vaqtda yangilanadi, shuning uchun bozor o'zgarganda pozitsiyalaringizni kuzatib borishingiz mumkin.

ins-cta-exness-terminal-tools.png

Sizga kerak bo'lgan barcha vositalar bitta joyda

Diagrammalarni tahlil qiling, savdo qiling va mablag'laringizni boshqaring — barchasi bitta qulay ekranda.

Exness Terminal'ni sinab ko'ring

Manfiy balansdan himoya

Manfiy balansdan himoya hisobingizdagi mablag'lardan ko'proq yo'qotishingizga yo'l qo'ymaslik uchun mo'ljallangan. Biroq u savdoga kiritgan mablag'laringizni yo'qotish xatarini bartaraf etmaydi. 

Nega yangi listinglarda birinchi kun savdosi ko'pincha noodatiy kechadi

Yangi listingdagi birinchi bitimdan oldin birja boshlang'ich narxni aniqlash uchun ochilish auksionini o'tkazadi. Nasdaq'da bu IPO cross deb ataladi: orderlar yig'iladi va moslashtiriladi, talab o'zgargani sari indikativ narx yangilanadi, talab va taklif muvozanatlashgach esa birinchi bitim qayd etiladi. 

Talab juda yuqori bo'lsa, bu jarayon uzoqroq davom etishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Google'ning 2004-yildagi birinchi bitimi AQSh sharqiy vaqti bilan tushga yaqin, Facebook'ning 2012-yildagi birinchi bitimi taxminan 11:30 ET'da amalga oshgan, 2026-yilda esa Nasdaq auksioni davomida bir soatdan ortiq vaqt mobaynida SpaceX bo'yicha birorta ham bitim qayd etilmagan. 

Xabarlarda bu kechikishlar biror brokerning order ijrosi bilan emas, birja jarayoni bilan bog'lanadi. Bu butun bozorga taalluqli bo'lib, barcha brokerlar va platformalarga, jumladan, Exness'ga ham tegishli. Treyderlar jarayonni tushunishi muhim: indikativ narxlar hali bitim amalga oshganini anglatmaydi, birinchi bitim narxi IPO narxidan farq qilishi mumkin va qachon boshlanishini oldindan aytib bo'lmaydi. Exness'da CFD savdosi qanday va qachon ochilishi asosiy bozor hamda Exness'ning listing jarayoniga bog'liq, shuning uchun savdo boshlangach, vositaning savdo vaqtini tekshiring.

Yangi listingdan oldin Exness hisobingizni qanday tayyorlash mumkin

Oldindan tayyorlansangiz, listing kuni hamma narsani ilk bor bajarishingizga hojat qolmaydi.

  1. Hisobingizni tasdiqlang — buni Shaxsiy kabinetingizda bajaring.
  2. Hisob turini tanlang. Aksiyalar Standard, Pro, Zero va Raw Spread hisoblarida mavjud. Biroq ular har bir hisob turida taklif qilinmaydi, shuning uchun hisobingizni tekshiring. Hisob turlarini solishtiring.
  3. Hisobingizni to'ldiring — shunda depozit tushishini kutmasdan savdo qilishingiz mumkin.
  4. Mashq qilish uchun demo hisobdan foydalaning. Strategiyangizni Exness Terminal demo hisobida moliyaviy xatarsiz sinab ko'ring. Demo hisob yangi listingdagi dastlabki soatlarda savdo qanday kechishini ko'rsata olmasligini yodda tuting. 
  5. Savdo vaqtini tekshiring. U likvidlikka qarab o'zgarishi mumkin. Yordam markazidagi vositalarning savdo vaqti maqolasida sizning vaqt mintaqangiz bo'yicha jadval tuzilib, vosita qachon savdo uchun ochiqligi, faqat pozitsiyalarni yopish yoki faqat kotirovkalarni ko'rish mumkinligi yoxud mavjud emasligi ko'rsatiladi. Serverlar UTC+0 vaqti bo'yicha ishlaydi.

Anthropic aksiyalari bilan IPO'dan oldin savdo qilish imkonini qidiryapsizmi? Aksiyalar listingdan o'tmaguncha savdo qilinmaydi, shuning uchun bu vaqt ichida hisobingizni tayyorlab qo'yganingiz ma'qul. Mavjudlik mintaqaga qarab ham farq qilishi mumkin.

Anthropic aksiyalarida qanday savdo qilish mumkin?

Exness uni listingga kiritgach, Anthropic'da aksiya CFD'si sifatida savdo qilasiz: vositani toping, pozitsiya hajmi va yo'nalishini tanlang, order tafsilotlarini tekshiring va orderni joylashtiring. Savdo boshlanish vaqti, jumladan, qisqa pozitsiyalar uchun ham Exness'ning listing jarayoniga bog'liq. 

anthropic-stock-trading.png

Anthropic mavjud bo'lgach, unda qayerda savdo qilish mumkin?

Anthropic (ANT) Nasdaq'da listingdan o'tib, Exness'da mavjud bo'lgach, unda Exness Terminal'da, shuningdek, Exness'da mavjud boshqa ko'plab platformalarda savdo qilishingiz mumkin. 

Yangi listingdagi savdo xatarlari

Bu xatarlar listingdan yangi o'tgan har qanday kompaniyaga taalluqli va yuqoridagi imkoniyatlar kabi muhim. Ushbu bo'lim tavsiya hisoblanmaydi va narx yo'nalishi haqida fikr bildirmaydi.

Volatillik: Dastlabki soatlar yoki kunlarda narxlar kompaniyaning fundamental ko'rsatkichlaridan qat'i nazar keskin o'zgarishi mumkin. CFD savdosida kredit yelkasi qo'llanadi, ya'ni barcha mablag'laringizni yo'qotishingiz mumkin.

Kengroq spredlar: Exness barqaror spredlarni taklif qilishga intiladi, biroq yangi listingdagi vaziyat boshqacha bo'ladi. Likvidlik hali shakllanayotgan paytda spredlar odatdagidan kengroq bo'lishi va pozitsiyalarni ochish hamda yopish xarajatlarini oshirishi mumkin. Spred turli omillar, jumladan, bozor volatilligi va likvidligi, yangiliklar e'lon qilinishi, iqtisodiy voqealar, bozorlarning ochilish va yopilish vaqti hamda savdo qilinayotgan vositalar tufayli o'zgarishi va kengayishi mumkin. Xarajatlarni oldindan bilish uchun savdo qilishdan avval Exness Terminal'da joriy narx va vosita xususiyatlarini tekshiring.

Ijrodagi noaniqlik: Exness tez va ishonchli ijro uchun yaratilgan, biroq bozor tez o'zgarayotganda siz ko'rgan narx bitim ijro etiladigan narxdan farq qilishi mumkin. Aksiya CFD'lari uchun Exness'ning Pro hisoblarida tezkor ijro qo'llanadi, shu sababli narx avvalroq o'zgarsa, order ochilmasligi mumkin. Standard, Zero va Raw Spread hisoblarida bozor ijrosi qo'llanadi: order ayni paytdagi mavjud narxda ijro etiladi va bu narx siz ko'rgan narxdan farq qilishi mumkin. Kechikishlar va narx sirpanishi yuz berishi, ijro vaqti hamda narxlari esa bozor sharoitiga qarab o'zgarishi mumkin. Batafsil bilib oling: Exness'da order ijrosi qanday ishlaydi. 

Mahsulot cheklovlari: Exness yangi listing uchun kredit yelkasi, pozitsiya hajmi hamda qisqa pozitsiyalar birinchi kundan mavjud bo'lishi yoki bo'lmasligi kabi alohida cheklovlarni belgilashi mumkin. Aksiyalar uchun stop out darajalari ham farq qilishi mumkin. Savdo qilishdan avval vosita xususiyatlarini tekshiring.

Savdo vaqti: Savdo vaqti likvidlikka qarab o'zgarishi mumkin. Vaqt mintaqangizga mos ma'lumot olish uchun Yordam markazidagi vositalarning savdo vaqti maqolasini tekshiring.

Manfiy balansdan himoya mablag'laringizni himoya qilmaydi, shu sababli depozitga kiritgan barcha mablag'laringizni yo'qotishingiz mumkin.

Savdo qilishdan avval marja va xarajatlarni hisoblash uchun Exness kalkulyatoridan foydalaning. Yangi listingda narxlar har qanday taxminiy hisob-kitobdan ham tezroq o'zgarishi mumkin.

Ko'p beriladigan savollar

Anthropic aksiyalari ochiq bozorda savdo qilinadimi?

Yo'q, Anthropic aksiyalari hozircha ochiq bozorda savdo qilinmaydi. Kompaniya SEC'ga Form S-1 topshirgan va Nasdaq'da “ANT” tikeri ostida listingdan o'tishni rejalashtirmoqda. IPO narxi belgilanmaguncha uning aksiyalari bilan savdo qilish mumkin emas, shu sababli Anthropic aksiyasining rasmiy narxi mavjud emas.

Anthropic qachon aksiyalarini ochiq savdoga chiqaradi?

Anthropic aksiyalari IPO'sining sanasi hali tasdiqlanmagan. Anthropic narx belgilash sanasi yoki birinchi savdo kunini e'lon qilmagan, shuning uchun siz o'qigan har qanday muddat tasdiqlangan sana emas, xabarlardagi ma'lumotdir.

Exness orqali aksiya bo'yicha qisqa pozitsiya ocha olamanmi?

Exness CFD'lari qisqa pozitsiyalar ochish imkonini beradi, biroq bu vositada birinchi kundanoq qisqa pozitsiya ochish mumkin bo'lishini hozircha tasdiqlay olmaymiz. Mavjudlik va savdo boshlanish vaqti Exness'ning listing jarayoniga bog'liq.

Nega listingdan yangi o'tgan aksiyalar savdosi ba'zan kechroq boshlanadi?

Birinchi bitimdan oldin birja boshlang'ich narxni belgilash uchun ochilish auksionini o'tkazadi va talab yuqori bo'lgan IPO'larda orderlarni moslashtirish uzoqroq davom etishi mumkin. Bu butun bozorga taalluqli bo'lib, barcha brokerlarga tegishli.

Yangi listingdan oldin hisobimni qanday tayyorlashim mumkin?

Hisobingizni tasdiqlang va to'ldiring, hisob turini tanlang, demo hisobda uzun va qisqa pozitsiya orderlarini berishni mashq qiling hamda Yordam markazidagi vositalarning savdo vaqti maqolasini tekshiring.

Anthropic aksiyalarida qanday savdo qilish mumkin?

Exness uni savdo platformasiga kiritgach, aksiyalarga egalik qilmasdan ularning narxi o'zgarishi bo'yicha uzun yoki qisqa pozitsiya ochib, Anthropic aksiyalari bo‘yicha CFD bilan savdo qilishingiz mumkin. Listingdan oldin unda savdo qila olmaysiz, yangi listingda esa volatillik va kengroq spredlar kabi xatarlar mavjud.

IPO aksiyasi bo'yicha qisqa pozitsiya ochish mumkinmi?

Aksiya savdosi boshlanmaguncha qisqa pozitsiya ocha olmaysiz, biroq savdo boshlanganidan keyin broker va vositaga qarab CFD orqali qisqa pozitsiya ochish imkoniyati bo'lishi mumkin. Yangi listingda qisqa pozitsiya ochish xatarli, chunki narxlar har ikki yo'nalishda ham keskin o'zgarishi mumkin.

Exness afzalliklaridan foydalanib savdo qiling

Ushbu maqola investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tmishdagi natijalar kelajakdagi natijalarning kafolati yoki ko‘rsatkichi emas. Ushbu maqolada keltirilgan axborot, ma’lumotlar, narxlar va bozor sharoitlari nashr etilgan sana holatiga ko‘ra aniq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Kapitalingiz xavf ostida. Iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.


Tegishli maqolalar


Barcha maqolalarga qaytish