Nega ijro sifati adolatli savdo shartlarining haqiqiy sinoviga aylandi

execution-quality-fair-trading-conditions-cover.png

Treyderlar brokerlarni solishtirganda, odatda birinchi navbatda ko‘zga tez tashlanadigan jihatlarga e’tibor berishadi.

Spredlar. Komissiyalar. Kredit yelka. Savdo platformalari.

Albatta, bularning barchasi muhim. Ammo endi hammasi shundan iborat emas.

Tajribali treyderlar order berganidan keyin nimalar yuz berishiga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Order muammosiz ijro etiladimi? Bozorlar o‘zgaruvchan bo‘lib qolganda spredlar barqaror qoladimi? Savdo jarayoni broker va’da qilganiga mos keladimi?

Bu savollar treyderlarning adolatli savdo shartlari haqida qanday o‘ylashini o‘zgartirmoqda.

Exness’ning Mintaqaviy tijorat direktori Mohammad Amerning aytishicha, ijro sifati treyderlar broker va’dasini bajaryaptimi-yo‘qmi, buni baholashi mumkin bo‘lgan eng aniq mezonlardan biriga aylandi. 

Ijro endi shunchaki texnik tafsilot emas

Ijro sifati ilgari asosan brokerlar, likvidlik ta‘minotchilari va texnik jamoalar muhokama qiladigan mavzu edi.

Bugun bu suhbatda treyderlar ham qatnashmoqda.

Savdo bo‘yicha ta’lim, onlayn hamjamiyatlar va yaxshiroq bozor ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati har bir savdo ortida nimalar bo‘lishini tushunishni ancha osonlashtirdi. Treyderlar savdo tajribasi faqat pozitsiya ochishdan oldin ko‘rinadigan narx bilan emas, balki o‘sha pozitsiya qanday ijro etilishi bilan ham belgilanishini anglab bormoqda.

Amer ta’kidlaganidek, ijro sifati «treyderga ancha yaqinlashdi». Treyderlar, ayniqsa bozor tez harakatlanayotganida, sirpanish, narxlashdagi xatti-harakatlar va platformaning ishonchliligi haqida tobora ko‘proq xabardor bo‘lmoqda. 

Bu o‘zgarish brokerlar uchun talab etiladigan darajani oshirmoqda. Endi faqat marketing da’volarining o‘zi yetarli emas. Treyderlar esa bu da’volar real savdo jarayonida qay darajada o‘zini oqlashini ko‘rishni xohlashadi.

Tezlik muhim, ammo bu manzaraning faqat bir qismi

Ijro sifati ko‘pincha tezlik bilan bog‘lanadi.

Tezlik ham muhim. Hech kim order berish bilan uning ijro etilishi o‘rtasida keraksiz kechikishlar bo‘lishini istamaydi.

Lekin tezlikning o‘zi butun manzarani ko‘rsatmaydi.

Mohammad-Amer-exness.png

Amer aytganidek: «Noqulay fill beradigan tezkor ijro treyderga foyda keltirmaydi. Ijro sifati millisekundlardan ko‘ra kengroq tushuncha." 

Ijro sifatining yanada to‘liq manzarasi birgalikda ishlaydigan bir nechta omillarni o‘z ichiga oladi:

  • Ijro etilgan narx mavjud bozor narxlarini qanchalik yaqin aks ettirishi.
  • Orderlar qanchalik izchil bajarilishi.
  • O‘zgaruvchan va keskin bozor sharoitlarida narxlash o‘zini qanday tutishi.
  • Bozorlar faolroq bo‘lganda savdo platformasi qanchalik ishonchli ishlashi.

Birgalikda olganda, bu omillar faqat tezlikning o‘zidan ancha ko‘proq narsani qamrab oladi. Ular uni aniqlik bilan uyg‘unlashtiradi. 

Exnessda ijro sifati eng ustuvor vazifalardan biri, chunki u har bir savdoga qanday ta’sir qilishini yaxshi bilamiz. Shu sababli bozordagi eng aniq ijroni ta’minlash uchun infratuzilmamizni shunga moslab qurdik.1 Boshqa brokerlarga qaraganda uch baravar kam sirpanish bilan treyderlarda kutgan narxini olish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.2 Va biz muhim yangiliklar e’lon qilinganda ham ushbu aniqlik va ishonchlilikni saqlab qolishni ta’minlaymiz.3 

Haqiqiy sinov bozorlar bosim ostida qolganida boshlanadi

Ko‘plab brokerlar bozorlar sokin paytda yaxshi ishlaydi.

Odatda likvidlik mavjud bo‘ladi, spredlar barqarorroq bo‘ladi va ijro tizimlari kamroq bosimni his qiladi.

Beqaror bozorlar esa boshqacha.

Yirik iqtisodiy ko‘rsatkichlar e’lonlari, narxlarning keskin harakatlari va likvidlikdagi o‘zgarishlar savdo infratuzilmasining har bir qismini bosim ostida qoldiradi. Bunday pallalarda, odatda, sokinroq savdo sessiyalarida ko‘zga tashlanmaydigan farqlar yuzaga chiqadi.

"Beqaror sharoitlar infratuzilma sifatini ko‘rsatib beradi", — deydi Amer. "Ular narxlash izchil qoladimi-yo‘qmi, ijro bosimga bardosh bera oladimi, platforma barqaror ishlaydimi va broker mijozlar bilan aniq muloqot qiladimi — bularning barchasini ko‘rsatadi." 

Treyderlar uchun bular shunchaki texnik tafsilotlar emas.

Ular savdo rejasini ko‘zlangandek ijro etish bilan ayni eng noqulay pallada kutilmagan to‘siqlar paydo bo‘lishi o‘rtasidagi farqni belgilaydi.

Shu bois, Amer ta’kidlaganidek, ishonch ko‘pincha odatiy bozorlar davrida emas, balki murakkab bozor sharoitlarida shakllanadi. 

Adolatli savdo shartlari shaffoflikdan boshlanadi

Shaffoflik savdo sanoatida eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biriga aylandi.

Lekin bu amalda qanday ko‘rinadi?

Amer uchun shaffoflik shunchaki ma’lumotni e’lon qilish degani emas. Bu treyderlar o‘zlari bevosita his qilishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘lishi kerak.

Agar buni treyder ko‘ra olmasa, sinab ko‘ra olmasa yoki boshdan kechira olmasa, unda bu shunchaki bayonot, xolos.” 

Ijro sifati bunga eng yaqqol misollardan biridir.

Treyderlar spredlar kunning turli paytlarida qanday o‘zgarishini kuzatishi mumkin. Ular kutilgan narxlarni ijro qilingan narxlar bilan solishtirishi mumkin. Ular bozor beqarorligi kuchaygan paytlarda platformalar qanday ishlashini va bozor sharoitlari o‘zgarganda ham aloqa aniq qoladimi — yo‘qmi, ko‘rishi mumkin. 

Boshqacha aytganda, adolatli savdo shartlari faqat reklama qilingan gaplar bilan belgilanmaydi. Ular treyderlar muntazam boshdan kechiradigan tajribada namoyon bo‘ladi.

Adolatli savdo shartlarining kelajagi

Ijro sifati endi savdo platformasining shunchaki bir funksiyasi emas. U ishonch mezoniga aylanib bormoqda

Treyderlar ko‘proq xabardor bo‘lib borar ekan, ular ideal bozor sharoitlaridan nariga o‘tib, izchillikka yanada ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Ular bozorlar oldindan aytib bo‘lmaydigan tus olganda ham, nafaqat hamma narsa sokin bo‘lgan paytlarda, barqaror ishlashda davom etadigan savdo shartlarini xohlashadi.

Amerning fikricha, sanoat aynan shu tomonga ketmoqda.

“Kelajak ijro sifati, savdo shartlari va operatsion ishonchlilikni mijozlar uchun yanada oshkora qiladigan brokerlarga tegishli bo‘ladi.” 

Shu bois ijro sifati adolatli savdo shartlari haqidagi muhokamalarda tobora muhim o‘rin egallamoqda.

Chunki yakunda adolatli savdo qog‘ozda raqobatbardosh shartlarni taklif qilish bilangina cheklanmaydi. Gap eng muhim pallada treyderlar ko‘ra oladigan, sinab ko‘ra oladigan va tayanadigan savdo tajribasini taqdim etish haqida ketadi.


Ushbu maqola investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tmishdagi natijalar kelajakdagi natijalarning kafolati yoki ko‘rsatkichi emas. Ushbu maqolada keltirilgan axborot, ma’lumotlar, narxlar va bozor sharoitlari nashr etilgan sana holatiga ko‘ra aniq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Kapitalingiz xavf ostida. Iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.


  1. Eng aniq ijro spot oltin va USOIL bo‘yicha o‘rtacha sirpanish ko‘rsatkichlarini to‘rtta boshqa broker bilan taqqoslashga asoslanadi (2024-yil sentabr – 2025-yil iyul). Sirpanish yuz berishi mumkin.
  2. 2024-yil sentyabrdan 2025-yil iyulgacha bo‘lgan davrda to‘rtta boshqa brokerga nisbatan sirpanish ma’lumotlari asosida. Sirpanish va kechikishlar yuz berishi mumkin. Ijro kafolatlari mavjud emas.
  3. Aniq ijro bo‘yicha da’volar Exness Standard hisobida XAUUSD va USOIL CFD'lari bo‘yicha 2024-yil sentabridan 2025-yil iyuligacha to‘plangan ma’lumotlar asosida kutilayotgan orderlardagi o‘rtacha sirpanish ko‘rsatkichlariga taalluqlidir va to‘rtta boshqa broker taklif etadigan shunga o‘xshash hisoblar bilan taqqoslangan. Kechikishlar va sirpanish yuz berishi mumkin. Ijro tezligi yoki aniqligi kafolatlanmaydi.

Tegishli maqolalar


Barcha maqolalarga qaytish